Madaniyat
O'zbekistonning Novosibirsk shahridagi Bosh konsulxonasi tashabbusi bilan Rossiya fanlar akademiyasining davlat ilmiy-texnika tadqiqot kutubxonasi Sibir bo'limi huzurida ochilgan O'zbekiston yoshlar markazida O'zbek tili bayrami kuniga bag'ishlab «Til - millat va ma'naviyat ko'zgusi» mavzusida davra suhbati tashkil etildi, deb xabar bermoqda "Dunyo" AA muxbiri.
Tadbir ishtirokchilariga 1989-yili «Davlat tili haqida»gi qonunning qabul qilinish jarayonlari, xususan, qonunning asosiy maqsad va vazifalari hamda bugungi kunda o'zbek tilining xalqaro mavqeyini yanada yuksaltirish bo'yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida so'zlab berildi.
Rossiya fanlar akademiyasining davlat ilmiy-texnika tadqiqot kutubxonasi Sibir bo'limi direktori Irina Lizunova o'z chiqishida davlat tilini rivojlantirishga O'zbekiston hukumati tomonidan qaratilayotgan e'tiborni yuqori baholadi. «Davlat tiliga bo'lgan bunday yuksak munosabat mamlakatni har tomonlama rivojlantirish uchun muhim omildir», dedi u.
Tadbir doirasida O'zbekiston Bosh konsulligi va O'zbekiston yoshlar markazi tomonidan «Til - millat va ma'naviyat ko'zgusi» mavzusida o'tkazilgan insholar tanlovi g'oliblarini taqdirlash marosimi bo'lib o'tdi. Tanlovda 30 dan ziyod talabalar tomonidan taqdim etilgan ijodiy ishlar baholandi. Eng yaxshi insho mualliflariga Bosh konsulxonaning esdalik sovg'alari topshirildi.
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q