Novosibirskda Oʻzbekiston yoshlar madaniyat markazi ochildi

Saqlash
23:09 / 12.10.2023 2356 0

Bugun, 12-oktabr kuni Rossiya Federatsiyasi Fanlar akademiyasining Novosibirsk shahrida joylashgan Sibir boʻlimi Davlat ilmiy-texnik kutubxonasida Oʻzbekiston yoshlar madaniyat markazi ochildi.

Markazning ochilish marosimida Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi rahbari Minhojiddin Mirzo boshchiligidagi delegatsiya aʼzolari ishtirok etdi. Soʻzga chiqqanlar mazkur markaz va kutubxonaning vatandoshlarimizning maʼnaviy ongi yuksalishida muhim ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.

 

Minhojiddin Mirzoga koʻra, mazkur kutubxona 10 million kitob fondiga ega boʻlib, Rossiya kutubxonalari ichida beshinchi oʻrinda turadi.
 

“Kutubxona oʻquv zalida Novosibirsk shahrida taʼlim olayotgan talaba yoshlarimiz, mehnat qilayotgan va doimiy istiqomat qilayotgan vatandoshlarimiz foydalanishlari maqsadida oʻzbek tilidagi kitoblar uchun alohida javonlar, kompyuterlar ajratildi”, – deydi RMMM rahbari.

 

 

 

Qayd etish kerak, ayni kunlarda mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish boʻyicha respublika komissiyasi Rossiyada boʻlib, u yerda tahsil olayotgan va mehnat qilayotgan oʻzbekistonlik muhojirlarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishmoqda. Komissiyaga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi Yoshlar siyosati departamenti rahbari Qahramon Quronboyev boshchilik qilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//