Siyosat
Pora olish va berishda vositachilik qilish jinoyatlari uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.
Jinoyat kodeksiga korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun javobgarlik choralarini kuchaytirishni nazarda tutuvchi qonun loyihasi Oliy Majlis Qonunchilik palatasiga kiritildi.
Loyihada “korrupsiyaga oid jinoyatlar” tushunchasiga aniq ta’rif berilmoqda va 15 turdagi jinoyatlar bu toifaga kiritilmoqda.
Muhim o‘zgarish sifatida korrupsiyaga oid jinoyatlar uchun jazo choralari keskin kuchaytirilmoqda.
Endilikda, o‘zlashtirish yoki rastrata qilish yo‘li bilan talon-toroj qilish yoki firibgarlik jinoyatlarini mansab mavqeini suiiste’mol qilish yoki xizmat mavqeidan foydalanib sodir etish qilmishlari uchun 10 yilgacha (ilgari 5 yilgacha) ozodlikdan mahrum qilish jazosi kiritilmoqda.
Shuningdek, pora olish, pora berish va pora olish-berishda vositachilik qilish jiyanotlari uchun 20 yilgacha ozodlikdan mahrum qilish jazosi belgilanmoqda.
Poraxo‘rlik jinoyatlarini sodir etgan shaxslar jazoni o‘tashdan muddatidan ilgari shartli ozod qilinmasligi va jazo yengilrog‘i bilan almashtirilmasligi va boshqa qator dolzarb o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilmoqda.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q