Jamiyat
Transport vazirligi “Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining avtomobil yo‘llarida harakatlanishini tartibga solishni takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi hukumat qarori loyihasini jamoat muhokamasiga qo‘ydi.
Hujjat loyihasida aytilishicha, transport-logistika sohasini rivojlantirish, tranzit salohiyatini oshirish, respublikada amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli bunyodkorlik va obodonlashtirish ishlari hisobiga amaldagi 20 tonna va undan ortiq yuk ko‘tarish qobiliyatiga ega avtotransport vositalari importi sezilarli darajada ko‘paygan.
“Katta hajmli va og‘ir vaznli transport vositalarining harakatlanishida vazn va hajm parametrlarini nazorat qilish to‘liq tartibga solinmagani hamda ushbu yo‘nalishda yagona avtomatlashtirilgan tizim mavjud emasligi avtomobil yo‘llari, ko‘priklar va yo‘l o‘tkazgichlarning xizmat qilish muddati qisqarishiga va ekspluatatsiya harajatlari ortishiga olib kelmoqda”, — deyiladi qaror loyihasida.
Shu sababdan Transport vazirligi, Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Ichki ishlar vazirligi hamda Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligining quyidagilarni nazarda tutuvchi taklifi ma’qullanishi mumkin:
— avtomobil yo‘llariga avtomatlashtirilgan o‘lchov vositalari bilan jihozlangan vazn va hajm parametrlari nazorati bo‘yicha statsionar shoxobchalar (o‘lchov-nazorat shoxobchalari) o‘rnatish va undan foydalanishga xususiy sektorni jalb qilish tizimini joriy etish;
— o‘lchov-nazorat shoxobchalari o‘rnatiladigan joylarni elektron auksion savdolarida g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga uzoq muddatli ijara asosida va boshqa tadbirkorlik subyektiga o‘tkazish huquqi bilan biriktirish;
— Vazirlar Mahkamasi qarori bilan tasdiqlangan “Muomalaga chiqarilayotgan g‘ildirakli transport vositalarining xavfsizligi to‘g‘risida”gi umumiy texnik reglamentda belgilangan yuk ko‘tarish me’yorlariga javob bermaydigan importdan olib kelingan og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalarini (samosval va sochiluvchan yuklarni tashuvchi yarim tirkamalar) respublika hududidagi harakatini tartibga solish;
— belgilangan yuk ko‘tarish me’yorlariga javob bermaydigan import qilinayotgan va hozirgi kunda faoliyat ko‘rsatayotgan og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalarini respublika hududiga olib kirish va harakatlanishini taqiqlash;
— mahalliy ahamiyatga ega umumiy foydalanishdagi avtomobil yo‘llari, shaharlar va boshqa aholi punktlarining ko‘chalarida og‘ir yuklarni tashuvchi avtotransport vositalari harakatini soat 08:00 dan 22:00 ga qadar cheklash.
Shunday tartib o‘rnatiladiki, Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi:
— o‘lchov-nazorat shoxobchalari o‘rnatiladigan joylarini belgilaydi va mazkur joylarni elektron onlayn-auksionlar tizimi bo‘yicha g‘olib bo‘lgan tadbirkorlik subyektlariga belgilangan talablar asosida biriktiradi;
— tadbirkorlik subyektlari bilan hamkorlik qiladi va ular tomonidan o‘rnatilgan o‘lchov-nazorat shoxobchalarini muntazam ravishda nazorat qilib boradi;
— o‘lchov-nazorat shoxobchalari o‘rnatiladigan joylar Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizligi xizmati Yo‘l harakati xavfsizligi xizmati bilan kelishiladi.
“Elektron onlayn-auksionlarga qoʻyish uchun oʻlchov nazorat shoxobchalari oʻrnatiladigan joylarning minimal qiymati (boshlangʻich narxi):
xalqaro ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarida – bazaviy hisoblash miqdorining 50 baravari;
davlat ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarida – bazaviy hisoblash miqdorining 40 baravari;
mahalliy ahamiyatdagi avtomobil yoʻllarida – bazaviy hisoblash miqdorining 30 baravari miqdorida oʻrnatiladi.
Oʻlchov nazorat shoxobchalari orqali qayd etilgan yoʻl harakati qoidalari buzilganligi uchun undirilgan jarimalar summasidan tushgan pul mablagʻlari dastlabki 2 yil davomida 45 foizi – tadbirkorlik subyekti hisobiga, 55 foizi – Oʻzbekiston Respublikasi Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi faoliyatini rivojlantirish va qoʻllab-quvvatlash jamgʻarmasiga, ishga tushirilganidan 2 yil oʻtganidan soʻng 30 foizi – tadbirkorlik subyekti hisobiga, 70 foizi – Jamgʻarmaga yoʻnaltiriladi”, deyiladi muhokamaga qo‘yilgan loyihada.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q