Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqda turkiyalik sayyoh Oʻzbekistonda temir yoʻl xodimiga pora berib, ekonomdan VIP klassga oʻtgani haqida video tarqalmoqda. Videoda aytilishicha, sayyoh Toshkent—Andijon yoʻnalishidagi sayohatida poyezd xodimiga 100 ming soʻm (8,20 dollar) qoʻshimcha pul berib joyini almashtirgan.
Oʻzbekiston temir yoʻllari xodimi holat oʻrganilayotgani, yaqin orada rasmiy munosabat berilishini maʼlum qildi.
Pora evaziga joyini oʻzgartirgan sayyoh umrida birinchi marta pora berganini va bundan oʻzi ham gʻalati boʻlganini bildirgan.
Eslatib oʻtamiz, avvalroq, niderlandiyalik sayyoh 15 dollar evaziga joyini oʻzgartirgan edi. Buning ortidan temir yoʻl xodimi ishdan olingandi.
Madaniyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Madaniyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q