Jamiyat
Ijtimoiy tarmoqda niderlandiyalik sayohatchi bloger Tom Grond Oʻzbekistondagi poyezdga chiqib, pora evaziga (poyezddagi xodimga 15 AQSH dollari toʻlab) ekonom-klassdan biznes-klassga oʻtgani haqidagi videosi keng muhokamalarga sabab boʻldi. Holat yuzasidan “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” AJ izoh berdi.
Ushbu hodisa 2023-yilning 6-iyul kunida boʻlib oʻtgani, 10-iyul kuni poyezd boshligʻi mazkur holat boʻyicha lavozimidan ozod etilgani taʼkidlandi. Vagon kuzatuvchilari styuardlarga bu kabi hodisalar qaytarilmasligi boʻyicha tegishli yoʻriqnomalar bilan tushuntirish ishlari olib borilgan.
Hozirgi kunda yuqori tezlikda harakatlanuvchi “Afrosiyob” elektropoyezdlarining barchasida ishchi guruh tomonidan tekshiruv amalga oshirilmoqda. Bu kabi holatlar qaytarilmasligi uchun nazorat oʻrnatilgan.
Siyosat
Sport
Madaniyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
111648
Jamiyat
94644
Jamiyat
90633
Jamiyat
75149
Jamiyat
//
Izoh yo‘q