Jamiyat
Isroil-HAMAS qarama-qarshiligi oqibatida Oʻzbekiston fuqarolari halok boʻlmagan. Bu haqda Oʻzbekistonning Isroildagi elchixonasi xabar berdi.
“Isroil Tashqi ishlar vazirligi va politsiyasi bergan maʼlumotga koʻra, mamlakat janubida roʻy bergan terror hujumi vaqtida Oʻzbekistonda tugʻilgan va 90-yillarda repatriatsiya dasturiga muvofiq Isroilga koʻchib ketgan 5 nafar kishi halok boʻlgan. Olingan maʼlumotlarga koʻra, ular amaldagi Oʻzbekiston fuqarolik pasportiga ega emas”, — deyiladi xabarda.
Avvalroq Isroil Tashqi ishlar vazirligining rus tilidagi kanali Isroil-Falastin ziddiyati oqibatida Oʻzbekistonning 3 nafar fuqarosi halok boʻlgani, 4 nafari bedarak yoʻqolgani haqida xabar berilgandi.
Jamiyat
Siyosat
Ilm-fan
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
110069
Jamiyat
94313
Jamiyat
90174
Jamiyat
73497
Jamiyat
//
Izoh yo‘q