Jamiyat
Toshkent viloyatining Yuqorichirchiq tumanida chuqurga tushib ketgan bola qutqarib qolindi. Bu haqda Favqulodda vaziyatlar vazirligi xabar qildi.
Ta’kidlanishicha, kecha soat 13:47 da Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi navbatchilik qismiga “Saksonota” mahallasidagi xonadonlardan birida qarovsiz qolgan 5 yoshli bola chuqurga o‘rnatilgan quvur ichiga tushib ketgani haqida xabar kelib tushgan. Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar bosh boshqarmasi qutqaruvchilari zudlik bilan voqea joyiga yetib borib, maxsus asbob-uskunalar yordamida qisqa vaqt ichida bolani quvur ichidan sog‘-salomat olib chiqqan. Shifokorlarning ma’lum qilishicha, bolaning ahvoli yaxshi.
“Kichik yoshdagi farzandlaringizni qarovsiz qoldirmang”, deya ogohlantirgan vazirlik.
Jamiyat
Madaniyat
Madaniyat
Siyosat
Madaniyat
Madaniyat
112450
Jamiyat
95114
Jamiyat
91345
Jamiyat
76034
Jamiyat
//
Izoh yo‘q