Jamiyat
HAMASning Isroilga hujumlari oqibatida 3 nafar Oʻzbekiston fuqarosi halok boʻlgan, 4 kishi bedarak yoʻqolgan. Bu haqda Isroil Tashqi ishlar vazirligining rus tilidagi kanalida xabar berildi.
Xabarga koʻra, 15-oktabr holatiga hujumlar oqibatida 148 nafar chet el fuqarosi halok boʻlgan, 143 kishi bedarak yoʻqolgan.
Hozircha Oʻzbekiston Tashqi ishlar vazirligi va mamlakatning Isroildagi elchixonasi vatandoshlar orasida qurbonlar borligi haqidagi maʼlumotlarga munosabat bildirgani yoʻq.
Maʼlumotlarga koʻra, HAMAS hujumlari oqibatida halok boʻlgan isroilliklar soni 1500 nafardan oshgan, 2,5 mingga yaqin odam yaralangan.
Isroil zarbalari tufayli Gʻazo sektorida halok boʻlganlar soni esa 2670 kishiga yetdi, kamida 9600 kishi jarohatlangan. Isroil harbiylari Gʻazo sektorini oʻqqa tutganidan keyin mingdan ortiq odam bedarak yoʻqolgan.
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q