 
                   
                    Siyosat
Fargʻona shahri hayvonot bogʻidagi zebra nobud boʻldi. Bu haqda viloyat Ekologiya boshqarmasi xabar berdi.
Bogʻ direktori holatga izoh berar ekan, jonzot qarib oʻlganini maʼlum qilgan. U zebralar asosan 10−15 yil umr koʻrishini taʼkidlab, jonzot 5 yoshida bogʻga kelgani va bu yerda 7 yil yashab, 12 yil umr koʻrganini aytgan. Togʻ va grevi zebralari Qizil kitobiga kiritilgan.
Fargʻona viloyat prokuraturasi, viloyat Ekologiya boshqarmasi, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish boshqarmasi va boshqa tegishli tashkilotlar ishtirokida dalolatnomaga asosan zebra jasadini tekshirilib, hozirda laboratoriya tahlil ishlari olib borilmoqda.
Tahlil natijalariga koʻra yana qoʻshimcha maʼlumot berilishi maʼlum qilingan.
Avvalroq 61 yoshli erkakka 12 bosh echkiemarni soʻyib yegani uchun 3 yilga ozodlikni cheklash jazosi tayinlangani haqida xabar berilgandi.
 
                  Siyosat
 
                  Jamiyat
 
                  Siyosat
 
                  Siyosat
 
                  Madaniyat
 
                  Siyosat
 109662
             109662
          Jamiyat
 94046
             94046
          Jamiyat
 89826
             89826
          Jamiyat
 72981
             72981
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q