1-dekabr – Qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan kun

Saqlash
17:08 / 01.12.2021 2341 0

Qoraqalpoq tili  oltoy tillar oilasi turkiy tillar guruhining qipchoq shoxobchasiga mansub. Fonetikasi qozoq va no‘g‘ay tillariga, lug‘at tarkibi esa o‘zbek tiliga yaqin turadi.

 

Qoraqalpoq tili asosan Qoraqalpog‘istonda, shuningdek, Xorazm, Navoiy, Buxoro viloyatlari hamda Qozog‘iston va Turkmanistonning qo‘shni hududlarida, Rossiya Federatsiyasi va Afg‘onistonda tarqalgan.

 

1989-yili 1-dekabrda Qoraqalpog‘iston Respublikasi Juqorg‘i Kengashi sessiyasida qoraqalpoq tiliga davlat tili maqomi berilgan. “Oyina.uz” ma’naviy-ma’rifiy portali jamoasi qardosh qoraqalpoq xalqini ushbu qutlug‘ sana bilan chin yurakdan samimiy tabriklaydi.

 

Ana tilim, sen – basqadan ayırmam,    

Sen turǵanda men de ádewir shayırman.

Sonsha qatal súrginlerde joǵalmay,

Bul kúnlerge jetkenińe qayılman.

                   Ibrayim Yusupov

 

O‘girmasi:

 

Ona tilim, sen – hammadan ayirmam,    

Sen bor ekan, men ham katta shoirman.

Shuncha qattol surgunlarda yo‘qolmay,

Bu kunlarga yetkaningga qoyilman.

                   Ibroyim Yusupov

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//