Atoqli olim Naim Karimov olamdan o‘tdi

Saqlash
18:29 / 17.09.2023 1469 1

Akademik, adabiyotshunos olim, Yozuvchilar uyushmasi aʼzosi Naim Karimov vafot etdi.

 

Naim Karimov 1932-yil 12-dekabrda Toshkent shahrida tugʻilgan. 1955-yilda Oʻrta Osiyo davlat universitetining (hozirgi OʻzMU) filologiya fakultetini tamomlagan.

 

1990-yildan Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot institutida boʻlim mudiri boʻlib ishlagan. 1993-yilda unga filologiya fanlari doktori ilmiy darajasi, 1994-yilda esa professor ilmiy unvoni berilgan. 1996-yilda Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi boʻlgan.

 

Naim Karimov Oybek, Gʻafur Gʻulom, Hamid Olimjon, Hamzaning koʻp jildli akademik nashrlarini tayyorlash va nashr etishda ishtirok etgan. Oʻrta maktab oʻquvchilari va oliy oʻquv yurti talabalari uchun oʻzbek adabiyotidan darsliklar yozgan.

 

Naim Karimov Oʻzbekiston maʼrifatparvarlar jamiyati raisi, Mustamlakachilik davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish komissiyasi va “Shahidlar xotirasi” xayriya jamgʻarmasi kengashi raisi, “Qatagʻon qurbonlari xotirasi” muzeyi direktori lavozimlarida faoliyat yuritgan.

 

U “Oʻzbekiston Respublikasi fan arbobi”, “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvonlari, “El-yurt hurmati” ordeni hamda Oʻzbekiston Respublikasining Davlat mukofotlariga sazovor boʻlgan.

 

Respublika Maʼnaviyat va maʼrifat markazi akademik, ilm-fan fidoyisi Naim Karimovning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari va shogirdlariga chuqur hamdardlik bildiradi.

1 Izoh

Anvar

20:09 / 17.09.2023

Eh Naim boboga O'zbekiston Qahramoni unvonini berilmadida. Afsus, oxirati obod bo'lsin.

Izoh qoldirish

//