Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi o‘quvchilari Oyina.uzʼda eʼlon qilingan adabiy sharjlar bo‘yicha insho yozadi

Saqlash
20:40 / 07.09.2023 1169 1

Xabaringiz bor, Oyina.uz portali “Adabiyotga kim nima bilan kirib kelgan” mavzusida 14 nafar ijodkorning sharjini eʼlon qilgan, Faxriyor, Erkin Aʼzam va Usmon Azim o‘zlari aks ettirilgan karikaturalarni sotib olgan edi.

 

Kuni kecha Abdulla Qodiriy nomidagi ijod maktabi rahbari, tarix fanlari bo‘yicha falsafa doktori Hilola Nazirova barcha sharjlarning nusxalaridan sotib oldi. Suratlarni topshirish payti maktab o‘qituvchilari suratlarda qaysi shoir-yozuvchilar tasvirlanganini aniqlashga kirishib ketdilar.

 

 

– Bolalar o‘zbek adabiyoti vakillarini tanib o‘sishi kerak. Kelgusida o‘zlari ham qo‘liga qalam olib, ijod qilishni boshlaydilar. Bu sharjlar esa ularni badiiyat olamiga qiziqtirish uchun o‘ziga xos sabab bo‘ladi. Biz ularga ushbu sharjlar asosida zamondosh yozuvchi-shoirlarimiz haqida insholar yozdirmoqchimiz, – dedi maktab rahbari Hilola Nazirova.

 

 

O‘ylaymizki, adabiy sharjlar maktab devorlarini bezab, bo‘lajak ijodkorlarga hayotga biroz kulgi aralash qarash, o‘z xatti-harakatlari va oynadagi akslariga tabassum bilan boqish zarar qilmasligini eslatib turadi.

 

Sharjlar rassom Umid Sulaymonovning ijod mahsuli bo‘lib, Oyina.uz portali tahririyati g‘oyasiga ko‘ra ishlangan.

 

1 Izoh

Saboxat

05:09 / 08.09.2023

Assalomu alaykum juda ham ajoyib suratlar ekan menga yoqdi. Bunaqa tadbirlarni ko‘proq qilishsa yaxshi bo‘lar edi. Rahbarimizga ko‘z tegmasin doim Allohim ni panohida bo‘lsin lar

Izoh qoldirish

//