Sharj muhokama qilinmaydi – yozuvchi Erkin A’zam Oyina.uz karikaturasini sotib oldi

Saqlash
03:46 / 11.08.2023 2173 0

Milliy matbuot bayrami munosabati bilan Oyina.uz taniqli ijodkorlarning sharjini e’lon qilgandi. O‘sha sharjlarning sotilishi va mualliflarga yetkazilishi davom etmoqda. Bu safargi xaridor “Bayramdan tashqari kunlar”, “Otoyining tug‘ilgan kuni”, “Pakanining oshiq ko‘ngli” kabi asarlar muallifi – yozuvchi Erkin A’zam bo‘ldi.

 

“Sharj, parodiya hech qachon muhokama qilinmaydi”, deydi yozuvchi. Bundan tashqari faqat Erkin A’zamdangina eshitish mumkin bo‘lgan quyma gaplar, xulosalar bo‘ldi suhbatda. Ulardan ayrimlarini quyida keltirib o‘tmoqchimiz:

 

“Informatsiyaning quliga aylanib qoldi odamlar. Odamzod juda o‘ch ekan-da g‘iybatmi, yangilikmi, deganiga. Bilgisi keladi. “Hayriyat, men emasman” deyish uchun.”

 

***

 

“Yangilik bo‘lishi kerak adabiyotda, hech bo‘lmasa qahramonning oti yangi bo‘lishi kerak. Yondoshuvda, voqelikda bir yangilik bo‘lsin. Boshqasi kerak emas. Yo‘qsa, o‘tirib olib roman yozib tashlashdan osoni yo‘q. Takror, siyqalikning nima keragi bor?”

 

***

 

“Bundan bir o‘n besh yillar oldin suhbatim chiqqan ekan. O‘shanda “Adabiyotga qanday baho berasiz?” desa, aytgan ekanmanki, adabiyot bir buzuq arava, yo‘lning chekkasida turadi. Ko‘chadan o‘tgan ham, qaytgan ham turtadi – arava besh qadam olg‘a siljiydi. Uning egasi yo‘q, tasodifiy odamlarning qo‘lida qolgan, degan ekanman. Bir paytlar hamma yozishni tashlab o‘zini bozorga urgandi. Endi-chi? Hozir kitob do‘koniga kirsangiz, kitoblar ko‘paygan, muqovalar chiroyli. O‘rtasini ochib o‘qisangiz, maza-matra yo‘q.”

 

 

Eslatib o‘tamiz, Erkin A’zamdan avval shoir Faxriyor bu odatni boshlab bergan, atay Oyina.uz tahririyatiga qo‘ng‘iroq qilib, sharjni sotib olish istagi borligini aytgandi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//