Toshkentdan Issiqko‘lga mavsumiy avtobus qatnovlari yo‘lga qo‘yiladi

Saqlash
11:30 / 03.06.2026 49 0

Joriy yilning 8-iyun sanasidan boshlab, "Uzautotrans Service" MChJ tomonidan Toshkent – Cho‘lpon-ota (Issiq-ko‘l) yo‘nalishida mavsumiy avtobus qatnovi boshlanadi.
 
“Toshkent” avtovokzalidan qatnovlar iyun oyining juft kunlarida amalga oshiriladi. Issiq-ko‘ldan Toshkentga qaytish reyslari esa iyun oyining toq kunlarida bajariladi. 
 
Qatnovlar kompaniyaning Yutong avtobuslarida amalga oshiriladi. Avtobus soat 15:00 da “Toshkent” avtovokzalidan jo‘naydi. 
Chipta narxi 365 000 so‘m etib belgilangan.

 
Qo‘shimcha ma’lumotlarni  +998 71 207-87-00, +998 94 131-99-99, +998 88 666-15-15 raqamlaridan olish mumkin.
 

 

 

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//