
Sport
Oʻzbekiston milliy terma jamoasi himoyachisi Abduqodir Husanov faoliyatini Fransiyada davom ettiradi.
19 yoshli futbolchi Fransiya vitse-chempioni “Lans” klubi bilan 4 yillik shartnoma imzoladi. Oʻzbekistonlik futbolchi “Lans”da 25-raqam ostida toʻp tepadi.
Shu tariqa Husanov Fransiya chempionatida oʻynaydigan birinchi oʻzbekistonlik futbolchiga aylanadi.
Lansliklar yakunlangan mavsum Fransiya chempionatida “PSJ”dan (85) bir ochko kam (84) jamgʻarib, 2-oʻrinni egallagan holda yangi mavsumdan Yevropa Chempionlar ligasida ishtirok etadi.
Husanov joriy mavsum Minskning “Energetik-BGU” klubi safida 8 oʻyinda bitta golga mualliflik qilgan. Shuningdek, u Oʻzbekiston milliy jamoasi safida CAFA Nations Cup-2023 bahslarida debyutini oʻtkazdi.
Qayd etish kerak, Abduqodir Yevropa kuchli beshlik chempionatlarida oʻynaydigan ikkinchi oʻzbekistonlik futbolchiga aylanadi. Bungacha Eldor Shomurodov Italiya chempionatida toʻp surayotgandi.
Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q