Jamiyat
“Oʻzgidromet” 20 iyul, payshanba kuni Oʻzbekiston hududida kuzatiladigan ob-havo maʼlumotini eʼlon qildi. Unga ayrim hududlarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi mumkin.
Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 3-8 m/s tezlikda esadi, 10-12 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +22...+24 daraja, kunduzi +36...+38 daraja boʻladi.
Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +31...+36 daraja boʻladi.
Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 15-20 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja boʻladi.
Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja boʻladi.
Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +21...+26 daraja, kunduzi +35...+40 daraja, baʼzi joylarda +42 darajagacha boʻladi.
Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +33...+38 daraja boʻladi.
Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, ayrim joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol gʻarbdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +15...+20 daraja, kunduzi +25...+30 daraja boʻladi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q