Jamiyat
Xorazmda mehribonlik uyi qizlari zoʻrlangani boʻyicha jinoyat ishini koʻrish 1 oylik muddatga toʻxtatildi. Bu haqda Oliy sud jamoatchilik bilan aloqalar markazi rahbari Aziz Obidov maʼlum qildi.
Toshkent shahar sudi apellyatsiya instansiyasining sud majlisida prokuror sudga iltimosnoma bilan murojaat qilib, Jinoyat-protsessual kodeksining 416-417-moddalari tartibida sudlanuvchilarga yangi ayblov boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatish va boshqa shaxslarni jinoiy javobgarlikka tortish masalasini hal qilish uchun jinoyat ishi hujjatlarini ayblov xulosasini tasdiqlagan prokurorga yuborish toʻgʻrisida ajrim chiqarishni soʻragan.
Apellyatsiya instansiya sudlov hayʼati prokuror iltimosnomasini qanoatlantirib, sudlanuvchilar A.M. va A.K.ga oid jinoyat ishi boʻyicha ajrim qabul qilib, Xorazm viloyat prokurorining oʻrinbosariga yuborildi va jinoyat ishini koʻrish 1 oylik muddatga toʻxtatildi.
Eslatib oʻtamiz, zoʻravonlikka qarshi kurashuvchi “Nemolchi.uz” loyihasi Xorazm viloyatida 3 nafar mehribonlik uyi tarbiyalanuvchisi 10 oy davomida viloyat Adliya boshqarmasi boshligʻi va tuman favqulodda vaziyatlar boʻlimi boshligʻi tomonidan zoʻrlab kelinganini xabar qilgandi.
Jinoyat ishlari boʻyicha Xiva tuman sudining 2022-yil 6-sentabrdagi hukmiga koʻra, mehribonlik uyi mudirasiga 5 yil-u 6 oyga ozodlikdan mahrum qilish jazosi tayinlangan. Yosh bolalar bilan jinsiy aloqada boʻlgan ikki masʼulga esa 1,5 yilga ozodlikni cheklash jazosi belgilangan.
Sudlangan A.M. va A.K.ga yengil jazo tayinlangani va boshqa holatlar yuzasidan 29-mart kuni Oliy sud jinoyat ishlari boʻyicha sudlov hayʼati kassatsiya instansiyasi sudiga protest keltirilgan. 6-aprel kuni ish Oliy sudda koʻrib chiqilib, hukmning A.M. va A.K.ga oid qismi bekor qilingan hamda apellyatsiya instansiyasida qayta koʻrib chiqish uchun Toshkent shahar sudiga yuborilgandi.
Mazkur jinoyat ishi yopiq sud majlisida koʻrib chiqilmoqda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q