Jamiyat
Bugun, 18-iyul kuni jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tumani sudida “Kompromatuzb ishi” boʻyicha sud jarayonlari boshlandi.
Dastlab ochiq tarzda, OAV vakillari ishtirokida boshlangan protsess sudlanuvchilarning iltimosiga koʻra, yopiq koʻriladigan boʻldi, deb yozadi “Kun”.
Jinoyat ishi doirasida:
“Oʻzbekneftgaz” AJ matbuot kotibi (sobiq) Siyovush Hoshimov – Jinoyat kodeksining 139-moddasi (tuhmat), 165-moddasi (tovlamachilik), 243-moddasi (jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirish) bilan;
fuqaro Ahmadullo Ahmadjonov – JKning 139 va 165-moddalari bilan;
Human.uz sayti asoschisi va muharriri Xurshid Daliyev – JKning 139, 165, 184 (soliqlar yoki boshqa majburiy toʻlovlarni toʻlashdan boʻyin tovlash) va 243-moddalari bilan;
Bandlik va mehnat munosabatlari vazirligi matbuot kotibi (sobiq) Mavjuda Mirzayeva – JKning 113-moddasi (tanosil yoki OIV kasalligi/OITSni tarqatish) va 165-moddasi bilan ayblanmoqda.
Jinoyat ishi hujjatlarida jami 19 nafar jabrlanuvchi qayd etilgan. Ular orasida sobiq bandlik vaziri Nozim Husanov, Tashqi mehnat migratsiyasi agentligining sobiq direktori Afzal Irmatov, Andijon shahar hokimi Gʻofurjon Abdurahmonov ham bor.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q