Jamiyat
Oʻzbekistonda minimal isteʼmol xarajatlari miqdori kishi boshiga 1 oyga 568 ming soʻm deb belgilandi. Bu oʻtgan yilgi koʻrsatkichdan 12,4 foizga yuqori. Bu haqda Statistika agentligi axborot xizmati xabar berdi.
2022-yildagi yillik inflyatsiya darajasidan kelib chiqib, 2023-yil uchun hisoblangan minimal isteʼmol xarajatlari qiymati bir oyda kishi boshiga 568 ming soʻmni tashkil etdi.
Jahon tajribasida minimal isteʼmol xarajatlari koʻrsatkichidan kambagʻallik chegarasi sifatida foydalanish keng tarqalgan boʻlib, mazkur koʻrsatkichdan:
davlatning moddiy va boshqa ijtimoiy koʻmaklariga muhtoj aholining maqsadli (target) guruhini aniqlash;
mamlakatning kambagʻallik chegarasini belgilashda foydalanish va bunda target guruhdagi aholining real isteʼmol xususiyatlari va talablarini inobatga olish;
kambagʻallikka qarshi kurashish strategiyasi va dasturlarida belgilangan vazifa va chora-tadbirlarning natijadorligi hamda manzilliligini oshirish, shuningdek, ularning doimiy monitoringini yuritish;
pensiyalar va nafaqalarning eng kam miqdorini belgilash, shuningdek, kambagʻal oilalarga beriladigan boshqa turdagi moddiy koʻmaklarni koʻrsatishda mezon sifatida foydalaniladi.
Oʻzbekistondagi minimal isteʼmol xarajatlari miqdori 2021-yilda 440 ming soʻmni tashkil etgan, 2022-yilda yanvaridan boshlab esa 498 ming soʻm deb belgilangandi.
568 ming soʻmlik yangi miqdor avvalgi 498 ming soʻmdan 12,4 foizga yuqori. 2022-yil davomida rasmiy inflyatsiya 12,3 foiz boʻlgani maʼlum qilingan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q