Jamiyat
15-iyul kuni Oʻzbekiston boʻylab prezident maktablariga qabul imtihonlarining birinchi bosqichi boʻlib oʻtdi. Bu bosqich matematika boʻyicha 30 ta test topshirigʻidan iborat.
Imtihonlar kun davomida uchta smenada – 08:00, 12:00 va 17:00 da tashkil etildi. Ijtimoiy tarmoqlarda, kirish imtihonlarida Cambridge Assessment xalqaro taʼlim tashkiloti qatnashmasligi hamda 1-bosqich imtihonlariga savollar takroriy qoʻllanilgani boʻyicha xabarlar tarqalgan edi.
Mazkur holat boʻyicha Cambridge University Press&Assessment xalqaro taʼlim tashkiloti munosabat berdi.
Unga koʻra, tashkilot 2019-yildan buyon va bu yil ham Oʻzbekiston Respublikasi Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi bilan birgalikda ishlab keladi hamda imtihon savollarini tayyorlash va oʻquvchilarni saralashda, natijalarni eʼlon qilishda ishtirok etadi.
“Bu yilgi imtihonlarning 1-bosqichi uchun 8 ta turli xil variantlardagi savollar ishlab chiqildi. Bunda savollarning takrorlanmasligi va har smenada har xil savollardan foydalangan holda shaffoflikni taʼminlashga intildik.
Murojaatchilar bizdan bu yilgi Prezident maktablari qabul imtihonlariga bizning ishtirokimiz yoʻqligi haqidagi xabarlarga oydinlik kiritishimizni soʻrashdi. Bu xabarlar asossiz! Shuni ishontirib aytamanki, biz 2019-yildan beri jumladan bu yil ham Prezident maktablari qabul imtihonlarida qatnashmoqdamiz.
Bizning tashkilotimiz qabul imtihonlari bilan bogʻliq hamkorlikdan mamnun va ishonamanki, Oʻzbekiston bilan hamkorligimiz uzoq yillar davom etadi”, – degan tashkilotning taʼlim yoʻnalishi boʻyicha bosh maslahatchisi Stiven King.
Shuningdek, 4-sinfni tugatgan oʻquvchilarga yuqori sinflar uchun moʻljallangan savollar berilgani yuzasidan boʻlgan eʼtirozlarga ham Ixtisoslashtirilgan taʼlim muassasalari agentligi huzuridagi Pedagogik mahorat va xalqaro baholash ilmiy-amaliy markazi direktor oʻrinbosari rasmiy munosabat berib, har bir topshiriq standartlarga asoslanganini taʼkidlagan.
“Berilgan topshiriqlarning ikkitasi bilishga oid, faqat uchtasigina, yaʼni 10 foizi mulohazaga oid va qolganlari qoʻllashga oid masalalar. Tanlab olinayotgan oʻquvchilarning iqtidorli ekanligini hisobga olgan holda 3 ta mulohazaga doir masala berilishi oʻrinli holat”, – deydi Iroda Saibova
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q