Jamiyat
Oʻzaro mos boʻlmagan yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishni koʻchirish mumkinmi? Arizalar qachondan va kimga beriladi? Kimlar grant asosida oʻqishni koʻchiradi? Xorijiy OTMdan koʻchirish uchun imtihon bormi?
Talabalar oʻqishini koʻchirish kim tomonidan amalga oshiriladi?
Talabalar mos va turdosh yoʻnalishlar hamda mutaxassisliklar yoki turdosh boʻlmagan yoʻnalishlariga va mos boʻlmagan mutaxassisliklarga oʻqishni koʻchirishi mumkin.
Bir OTM doirasida oʻzaro mos va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha oʻqishni koʻchirish rektor buyrugʻi bilan amalga oshiriladi.
Quyidagi hollarda oʻqishini koʻchirish OTM boʻysunadigan vazirlik qarori bilan amalga oshiriladi:
mos va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha bir vazirlikka qarashli boshqa OTMga (masalan, Milliy universitetdan Texnika universitetiga koʻchirish, har ikkala universitet Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligiga qarashli);
mos va turdosh yoʻnalishlar boʻyicha turli vazirlik doirasida bir OTMdan boshqa OTMga (masalan, Adliya vazirligiga qarashli Toshkent davlat yuridik universitetidan Tashqi ishlar vazirligiga qarashli Jahon iqtisodiyoti va diplomatiyasi universitetiga).
Quyidagi hollarda oʻqishini koʻchirish Davlat komissiyasi qarori bilan amalga oshiriladi (komissiya tarkibi bu yerda):
xorijiy OTMlardan Oʻzbekiston OTMlariga;
har qanday holatda turdosh boʻlmagan taʼlim yoʻnalishlariga va mos boʻlmagan mutaxassisliklariga.
Arizalar qachon beriladi?
Oʻqishni koʻchirish boʻyicha arizalar har yili 15-iyuldan 5-avgustgacha beriladi.
Arizalar har yili 5-avgustdan 30-avgustga koʻrib chiqiladi.
Talabaning doimiy yashash manzili oʻqishini koʻchirish boʻyicha ariza har yili 20-dekabrdan keyingi yilning 20-yanvarigacha beriladi.
Bunda arizalar har yili 25-yanvardan 15-fevralgacha koʻrib chiqiladi.
Arizalar kimga beriladi?
Oʻqishni koʻchirish bir OTM ichida boʻlganida ariza shu OTMga beriladi, qolgan barcha holatlarda ariza Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan tashkil qilinadigan Hududiy ishchi guruhga beriladi.
Hududiy ishchi guruhlar qabul qilingan hujjatlarni umumlashtirib, Oliy va oʻrta maxsus taʼlim vazirligiga taqdim etadi.
Oʻqishni koʻchirish bepul amalga oshiriladi.
Qanday hujjatlar taqdim qilinadi?
Oʻqishini koʻchirish uchun quyidagi hujjatlar taqdim qilinadi:
koʻchirishni istagan taʼlim yoʻnalishi, oʻquv tili va shakli koʻrsatilgan holdagi ariza;
reyting daftarchasi yoki akademik maʼlumotnoma nusxalari;
pasport yoki ID nusxasi.
Ariza koʻrib chiqilib oʻqishni koʻchirishga ruxsat berilganda OTM rektori buyrugʻi bilan talaba darslarga qoʻyiladi hamda ushbu OTM tomonidan talaba ilgari oʻqigan OTM uning shaxsiy yigʻma jildini joʻnatish uchun soʻrovnoma yuboriladi.
OTM 3 kunda talabaning shaxsiy yigʻma jildi yuboriladi yoki talabaning oʻziga beriladi.
Grant asosida oʻqishni koʻchirish uchun faqat grantda oʻqiyotgan talabalar ariza berishi mumkin hamda ariza berilgan OTMning joriy yildagi qabul kvotasida grant oʻrinlar mavjud boʻlishi kerak.
Koʻzi ojizlar hamda nogironligi boʻlgan shaxslarga ajratilgan kvotada grant asosida oʻqiyotganlar oʻqishi granti asosida koʻchiriladi.
Xorijiy OTMdan oʻqishni Oʻzbekiston OTMlariga koʻchirmoqchi boʻlganlar maxsus sinov (test yoki yozma ish yoki kasbiy (ijodiy) imtihon shaklida) topshiradi.
Talabaning maxsus sinov natijasi Davlat komissiyasiga beriladi. Natijadan kelib chiqib, talabaning oʻqishi Davlat komissiyasi qarori bilan kontrakt asosida koʻchiriladi.
Ariza qanday holatlarda rad etilishi mumkin?
Quyidagi holatlarda oʻqishni koʻchirish arizalari rad etilishi mumkin:
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q