Jamiyat
Vazirlar Mahkamasining tegishli qaroriga muvofiq Zufar Narzullayev “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisi vazifasini bajaruvchi etib tayinlandi. Bu haqda jamiyat matbuot xizmati xabar berdi.
Zufar Narzullayev 2017-yildan buyon “Oʻzshaharqurilish invest” injiniring kompaniyasi direktori lavozimida ishlab kelayotgan edi.
Shuningdek, Hikmatilla Rahmetov “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ boshqaruvi raisining birinchi oʻrinbosari etib tayinlandi.
11-iyul kuni prezident shu kungacha “Oʻzbekiston temir yoʻllari” AJ raisi lavozimida ishlab kelayotgan Husniddin Xasilovni investitsiyalarni jalb qilish va ularni oʻzlashtirishda sustkashlikka yoʻl qoʻygani uchun ishdan olgandi.
Avvalroq Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga yangi rahbar tayinlangani haqida xabar berilgandi.
Jamiyat
Jahon
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
111040
Jamiyat
94511
Jamiyat
90451
Jamiyat
74512
Jamiyat
//
Izoh yo‘q