Jamiyat
O‘zgidromet ma’lumotiga ko‘ra, bugun kunduzi O‘zbekiston hududining katta qismida quruq ob-havo kuzatiladi. Faqat Toshkent viloyatining ayrim joylarida va Farg‘ona vodiysi viloyatlarida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
26-27-mayda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi.
Ushbu kunlarda havo harorati +25– +30 daraja atrofida, janubda va cho‘l hududlarining ba’zi joylarida +33– +35 darajagacha bo‘ladi.
28-mayda respublikaning tekislik hududlarida yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati +2- +3 darajaga ko‘tariladi.
29–31-mayda O‘zbekiston bo‘yicha yog‘ingarchiliksiz ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Havo harorati asta-sekin ko‘tarilishi davom etadi, kunduz kunlari +35– +38 darajagacha ko‘tariladi.
Tog‘oldi va tog‘li hududlarda yomg‘ir yog‘adi, 25–28-mayda vaqti-vaqti bilan qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq kuzatiladi. Ayrim joylarda kuchli jala yomg‘ir yog‘adi, do‘l yog‘ishi ehtimoli bor.
29-31 mayda asosan yog‘ingarchiliksiz ob-havo kuzatiladi. 25–31 mayda sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Shamol 7–12 m/s tezlikda esadi, ba’zi joylarda 13–18 m/s gacha kuchayishi, 26-27-mayda shimolda va cho‘l hududlarda ba’zida 20–22 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-to‘zonlar bilan kuzatilishi mumkin.
Toshkent shahrida bugun kunduzi yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat +26– +28 daraja bo‘ladi.
26-mayda kechga tomon va 27-mayda kun davomida qisqa muddatli yomg‘ir yog‘ishi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin.
Harorat kechasi +16– +18 daraja, kunduzi 26-mayda +28– +30 daraja, 27-mayda +26– +28 daraja bo‘ladi.
28–31-mayda yog‘ingarchilik kutilmaydi. Harorat asta-sekin +33– +36 darajagacha ko‘tariladi. Shamol 3–8 m/s tezlikda esadi, 26-27-mayda 10–12 m/s gacha kuchayadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112374
Jamiyat
95037
Jamiyat
91236
Jamiyat
75945
Jamiyat
//
Izoh yo‘q