Jamiyat
Senatning Yoshlar, xotin-qizlar, madaniyat va sport masalalari qo‘mitasida doimiy asosda ishlovchi senator Malika Qodirxonova Yoshlar ishlari agentligi direktoriga ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmagan yoshlarning huquqiy va ijtimoiy himoyasini kuchaytirish, ularni kasb-hunarga o‘qitish hamda ish bilan ta’minlash masalalari yuzasidan senator so‘rovi yubordi.
Xabarga ko‘ra, Qodirxonova o‘z so‘rovida 2026-yil aprel oyi holatiga ko‘ra, Ichki ishlar vazirligi tizimidagi voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam ko‘rsatish markazlaridan 14 638 nafar 16–17 yoshdagi o‘smir oilasiga qaytarilgani hamda ushbu yoshlarning 2 671 nafari ID-kartaga ega emasligini qayd etgan.
Ta’kidlanishicha, oilasi bag‘riga qaytgan yoshlarning aksariyatini ijtimoiy himoyaga muhtoj va yashash sharoiti og‘ir oilalar farzandlari tashkil etadi. Ushbu oilalarning moliyaviy imkoniyati cheklangani sababli ayrim voyaga yetmaganlar o‘z vaqtida ID-karta ololmayapti. Bu esa ularni kasb-hunarga o‘qitish, bandligini ta’minlash va ijtimoiy dasturlarga jalb etishda bir qator muammolarni yuzaga keltirmoqda.
Senator so‘rovda amaldagi qonunchilikka muvofiq Yoshlar ishlari agentligining ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ularni kasb-hunarga o‘qitish, tadbirkorlikka yo‘naltirish va bandligini ta’minlash borasidagi vazifalari belgilanganini urg‘ulagan.
Shu munosabat bilan agentlikdan ijtimoiy himoyaga muhtoj voyaga yetmagan yoshlarni qo‘llab-quvvatlash, ID-kartasi mavjud bo‘lmagan yoshlarni kasb-hunarga o‘qitish va ish bilan ta’minlashga ko‘maklashish, ularni manzilli qo‘llab-quvvatlash bo‘yicha rejalashtirilgan choralar, voyaga yetmaganlar ishsizligi sabablarini o‘rganish hamda ularni bartaraf etish yuzasidan ishlab chiqilgan takliflar, shuningdek, mas’ul idoralar o‘rtasidagi hamkorlik mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida asoslantirilgan ma’lumot taqdim etish so‘ralgan.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Madaniyat
112374
Jamiyat
95037
Jamiyat
91237
Jamiyat
75945
Jamiyat
//
Izoh yo‘q