Avtomobil yoʻllari qoʻmitasiga yangi rahbar tayinlandi

Saqlash
19:27 / 14.07.2023 1633 0

Jamshid Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi etib tayinlandi. Bu haqda OʻzA xabar berdi.

Mazkur lavozimga tayinlangunga qadar u 2023-yilning 16-yanvaridan boshlab Buxoro viloyati hokimining moliya, iqtisodiyot va kambagʻallikni qisqartirish masalalari boʻyicha birinchi oʻrinbosari lavozimida ishlab kelgan. 2021-yilda esa Tursunov Transport vazirligi huzuridagi Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisining oʻrinbosari lavozimida faoliyat yuritgandi.

Jamshid Tursunov 1979-yilda Buxoro viloyatining Buxoro tumanida tugʻilgan. 2000-yilda Toshkent moliya institutini, 2003-yilda Oʻzbekiston Bank-moliya akademiyasini tamomlagan.

Hokimlikka kelguniga qadar 2021—2023-yillarda Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi oʻrinbosari lavozimida ishlagan.

Eslatib oʻtamiz, Shavkat Mirziyoyev 11-iyul kuni saylovdan keyingi birinchi yigʻilishda respublika darajasidagi qator rahbarlar, jumladan, 2019-yildan buyon Avtomobil yoʻllari qoʻmitasi raisi lavozimida ishlab kelayotgan, biroq yoʻl sohasiga 2001-yildan buyon javobgar boʻlgan Abdurahmon Abduvaliyevni lavozimidan olgandi.

 

Oyina.uz'ni Telegramda oʻqing!

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//