Siyosat
Prezident raisligida boʻlib oʻtayotgan videoselektor yigʻilishida investitsiyalarni jalb qilish va ularni oʻzlashtirishda sustkashlikka yoʻl qoʻyganliklari uchun suv xoʻjaligi vaziri oʻrinbosari B.Kamalov, transport vaziri oʻrinbosari A.Moʻminov, “Suvtaʼminot” rahbari S.Saifnazarov, “Temir yoʻl” rahbari X.Xosilov va “Avtoyoʻl” rahbari A.Abduvaliyev lavozimidan ozod etildi.
“Oʻztoʻqimachiliksanoati” uyushmasi raisi I.Haydarov, “Issiqlik elektr stansiyalari” AJ raisi B.Joʻrayev, “Oʻzsanoatqurilishbank” raisi S.Annaklichevga “hayfsan” berildi.
Qayd etilishicha, bundan toʻrt yil avval “Toshkent-Samarqand”, “Toshkent-Andijon” pullik yoʻllari va “Taxtaqoracha” dovonida pullik tonnel qurish topshiriqlari berilgan. Lekin na loyiha qilish, na investor jalb qilish boʻyicha haligacha amaliy ishlar boshlanmagan.
Avvalroq 12 nafar hokim ishdan olingani haqida xabar berilgandi.
Sport
Jamiyat
Madaniyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
112359
Jamiyat
95023
Jamiyat
91212
Jamiyat
75927
Jamiyat
//
Izoh yo‘q