Shavkat Mirziyoyev Pokiston hukumatiga ta’ziya yo‘lladi

Saqlash
17:00 / 25.05.2026 65 0

O‘zbekiston Prezidenti Pokistonning Kvetta shahrida sodir etilgan terrorchilik harakati oqibatida ko‘plab insonlarning halok bo‘lgani va jarohat olgani munosabati bilan Prezident Asif Ali Zardoriy va Bosh vazir Shahboz Sharifga ta’ziya yo‘lladi.

 

Davlat rahbari marhumlarning oila a’zolari va yaqinlariga hamdardlik bildirib, jarohatlanganlar tez fursatda sog‘ayib ketishini tilagan.

 

Ma’lumot uchun, Pokistonning Belujiston viloyatida Kvettadan Peshovarga harakatlanayotgan poyezdning portlab ketgan. Oqibatda, kamida 24 kishi halok bo‘lgan. Poyezdda harbiy xizmatchilar va ularning oilalari bo‘lgani aytiladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//