Madaniyat
23-may kuni 79-Kann kinofestivali g‘oliblari e’lon qilindi.
Unga ko‘ra, bosh mukofot – “Oltin palma yaprog‘i” “Fjord” filmiga nasib qilgan. Ruminiyalik rejissyor Kristian Munjiuning suratga olgan mazkur kartina psixologik va ijtimoiy drama janridagi filmdir.
.jpg)
“Fjord” filmi
Ma’lumot uchun, Munjiuning ushbu mukofotni ikkinchi marta qo‘lga kiritdi. U bundan qariyb 20 yil oldin “4 oy, 3 hafta va 2 kun” filmi uchun ilk bor “Oltin palma yaprog‘i”ni qo‘lga kiritgan.
Festivalning Gran-pri sovriniga Andrey Zvyaginsevning “Minotavr” filmi loyiq deb topilgan.

“Minotavr” filmi
Andrey Zvyaginsev 2021-yilda Germaniyada sun’iy koma holatini boshdan o‘tkazgan va uzoq vaqt davolangan. Ko‘pchilik uni kinoga qayta olmaydi deb o‘ylagan edi. Ammo “XXI asrning Andrey Tarkovskiysi” deya ta’riflangan Zvyaginsev "Minotavr" filmi orqali yana tomoshabinlarni hayajonga sola oldi.
Hakamlar hay’ati sovrini “The Dreamed Adventure” dramasi uchun Valeska Grizebaxga berilgan. Shuningdek, eng yaxshi rejissyorlik mukofoti “Fatherland” filmi uchun Pavel Pavlikovskiyga hamda “La Bola Negra” filmi uchun Xaver Kalvo va Xaver Ambrossiga topshirilgan.

“The Dreamed Adventure” dramasi
“La Bola Negra” filmi
Bundan tashqari, “Eng yaxshi ssenariy” mukofotini “Notre salut” filmi uchun Emmanuel Marre olgan.

“Notre salut” filmi
“Eng yaxshi aktrisa” nominatsiyasi bo‘yicha Virjini Efira va Tao Okamoto g‘olib deya e’tirof etilgan(“Soudain” filmi).
Emmanuel Makkiya va Valentin Kampan bo‘lsa “Eng yaxshi aktyor” nominatsiyasida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan(“Coward” filmi).
Jamiyat
Siyosat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
112375
Jamiyat
95037
Jamiyat
91237
Jamiyat
75946
Jamiyat
//
Izoh yo‘q