Ayrim tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi

Saqlash
20:07 / 10.07.2023 1303 0

Hukumat qarori bilan “20 ming tadbirkor – 500 ming malakali mutaxassis” dasturi doirasida tadbirkorlik subyektlariga soliq va bojxona imtiyozlari hamda preferensiyalarni qoʻllash tartibi toʻgʻrisida”gi nizom qabul qilindi.

 

Nizomga koʻra, “Ijtimoiy himoya yagona reyestri”ga kiritilgan fuqarolar kamida 1 yil davomida ish bilan taʼminlangan va ular jami ishchilar sonining kamida 20 foizini tashkil etgan tadbirkorlar mol-mulk va yer soligʻi boʻyicha soliq imtiyozlaridan foydalanish huquqiga ega boʻladi, bunda:

 

51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrinlari yaratadigan tadbirkorlar uchun mol-mulk va yer soligʻining amaldagi soliq stavkasi 50 foizga;

 

101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadiganlar uchun 75 foizga kamaytiriladi;

 

200 tadan ortiq ish oʻrinlari yaratadiganlar mazkur soliqlarni toʻlashdan ozod etiladi.

 

Dasturda ishtirok etadigan tadbirkorlarga barcha soliqlarni (QQS va soliq agentlari sifatida toʻlanadigan soliqlar bundan mustasno) taʼminotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga boʻlib toʻlash huquqi beriladi:

 

51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;

 

101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy muddatda;

 

200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy muddatda.

 

Quyidagicha miqdorda yangi ish oʻrinlari yaratilgan taqdirda ularga nisbatan quyidagi tartibda soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi:

 

51 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlarda soliq auditi oʻtkazilmaydi;

 

200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlarda barcha turdagi soliq tekshiruvlari oʻtkazilmaydi.

 

Dasturga kiritilgan tadbirkorlar tomonidan bojxona tartib-taomillariga rioya etilgan holatlarda ularga nisbatan “yashil yoʻlak” tartibi qoʻllaniladi.

 

Bojxona toʻlovlarini taʼminotsiz va foizsiz quyidagi muddatlarga boʻlib toʻlash huquqi beriladi:

 

51 tadan 100 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlarga – 3 oy muddatda;

 

101 tadan 200 tagacha yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlarga – 6 oy;

 

200 tadan ortiq yangi ish oʻrni yaratadigan tadbirkorlarga – 12 oy.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//