Madaniyat
Buxoroda Usmon Xoʻja oʻgʻlining jadidchilik uy-muzeyi ochildi. Bu haqda Facebookʼdagi “Turon-Samarqand tarixi” guruhida xabar berildi.
Xabarda aytilishicha, Usmon Xoʻja oʻgʻlining uyi 1992-yilda, Oʻzbekiston mustaqilligi davrida tadbirkorga sotib yuborilgan. Yaqin kunlarda esa Madaniy meros agentligi tashabbusi bilan uyning hozirgi egasi bilan muzokaralar olib borilgan va yakunda shartnoma tuzilib, bino milliylashtirilgan.
“1922-yilda Usmon Xoʻja oʻgʻli (Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev) vatani Buxoro Respublikasini tark etishga majbur boʻlgach, 1937-yilda uning ukasi Ataulla Xoʻja oʻgʻli otib oʻldirilganidan soʻng ularning Buxorodagi uyining yarmi Sovet prokuraturasiga, qolgan yarmi esa hibsxonaga aylantirilgan va 1991-yil oxirigacha ushbu holat davom etgan”, — deyiladi xabarda.
Endilikda esa bu joyda “Usmon Xoʻja oʻgʻlining jadidchilik uy-muzeyi, kutubxonasi va tadqiqot markazi“ sifatida tashkil etiladi.
“Bir asrlik orzu amalga oshdi. Bu orzuning, bu sogʻinchning amalga oshishida Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasiga, oʻz nomi tilga olinishini istamagan 2 tadbirkorga, shaxsiy mulkini davlatga qayta sotishga rozi boʻlgan samarqandlik joy egasiga, bu masalani eʼtiborsiz qoldirmagan oʻzbekistonlik ziyolilar va jurnalistlarga alohida minnatdorchilik bildiriladi”, — deya qoʻshimcha qilinadi xabarda.
Madaniyat
Iqtisod
Jamiyat
Iqtisod
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q