Ertangi ob-havo maʼlum qilindi

Saqlash
04:19 / 07.07.2023 1974 0

Respublika Gidrometeorologiya markazi Oʻzbekiston boʻyicha 7-iyul, juma kuni kuzatiladigan ob-havo haqida maʼlumot berdi.

 

Toshkent shahri. Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 3-8 m/s tezlikda esadi, kechga tomon 12-14 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +18...+20 daraja, kunduzi +31...+33 daraja boʻladi.

 

Qoraqalpogʻiston Respublikasi va Xorazm viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +34...+39 daraja boʻladi.

 

Buxoro va Navoiy viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +23...+28 daraja, kunduzi +34...+39 daraja boʻladi.

 

Toshkent, Sirdaryo, Jizzax va Samarqand viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, vaqti-vaqti bilan oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +17...+22 daraja, kunduzi +31...+36 daraja boʻladi.

 

Qashqadaryo va Surxondaryo viloyati. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, yogʻingarchilik kutilmaydi. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +35...+40 daraja boʻladi.

 

Andijon, Namangan va Fargʻona viloyatlari. Havo biroz bulutli boʻladi, baʼzi joylarda oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda biroz qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi, ayrim joylarda chang-toʻzon bilan kuzatilishi mumkin. Harorat kechasi +20...+25 daraja, kunduzi +31...+36 daraja boʻladi.

 

Respublikaning togʻli hududlari. Havo oʻzgarib turadi, baʼzi joylarda qisqa muddatli yomgʻir yogʻishi, momaqaldiroq boʻlishi mumkin. Shamol sharqdan 7-12 m/s tezlikda esadi, baʼzi joylarda 13-18 m/s gacha kuchayishi mumkin. Harorat kechasi +10...+15 daraja, kunduzi +20...+25 daraja boʻladi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//