Fargʻonadagi masjidda 31 yoshli erkak oʻz doʻstini pichoqladi

Saqlash
21:52 / 06.07.2023 1734 0

Ijtimoiy tarmoqlarda Fargʻonadagi masjidda 31 yoshli erkak 39 yoshli erkakni pichoqlagani haqida xabarlar tarqaldi. Holat yuzasidan Bosh prokuratura maʼlumot berdi.

Unga koʻra, 15-iyun kuni Dangʻara tumanidagi masjid binosiga peshin namozini oʻqish uchun kirgan Qoʻqon shahridagi “Navoiy” MFYda yashovchi ikki erkak oʻrtasida janjal yuzaga kelgan. Ogʻzaki janjaldan soʻng erkaklardan biri tahoratxonaga kirgan. Ikkinchisi esa uning orqasidan kirib, yonida boʻlgan pichoq bilan bosh, boʻyin va qorin qismlariga bir necha marta urib, ogʻir tan jarohati yetkazgan.

Shundan soʻng u masjidga qoʻshni boʻlgan “Navbahor” MFY binosiga kirib, mahalla masʼullariga boʻlgan voqeani aytib bergan.
 

“Soat 12:00 larda bir erkak MFY binosiga yugurib kirdi va stulga oʻtirdi. Qoʻlida pichoq bor edi. “Nima boʻldi sizga?”, deb soʻrasak, doʻstini pichoqlab qoʻyganini aytdi. Shu zahoti mahalla inspektorini chaqirdik”, — deydi “Navbahor” MFY raisi Muxtasar Akromova.
 

 

Jabrlanuvchi erkak tuman shifoxonasiga ogʻir ahvolda olib borilgan va operatsiyadan soʻng uning hayoti saqlab qolingan. Hozirda uning ahvoli yaxshi ekanligi aytilgan.

Pichoqlagan shaxsga nisbatan esa JKning 25-moddasi orqali 97-moddasi 1-qismi bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilgan. U qoʻlga olingan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//