Doʻstlik metro bekatidan “Yangi Toshkent”ga qadar yer usti metro yoki tramvay liniyasi tortiladi

Saqlash
23:05 / 05.07.2023 1159 0

Oʻzbekiston liberal-demokratik partiyasidan Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentligiga nomzod Shavkat Mirziyoyev toshkentlik saylovchilar bilan uchrashuv chogʻida kelgusi yetti yildagi rejalariga toʻxtaldi.

Nomzodga koʻra, 2030-yilga qadar:

havoga chiqariladigan zararli gazlar miqdorini 150 ming tonna yoki 50 foizga qisqartirish;

qoʻshimcha 1 ming 200 ta elektrobus olib kelinadi va ularning jamoat transportidagi ulushi 50 foizga yetkaziladi;

qolgan avtobuslar zararli chiqindisi 3 barobar kam boʻlgan tabiiy gaz yoqilgʻisiga oʻtkaziladi, yaʼni dizel yoqilgʻisida harakatlanadigan birorta avtobus qolmaydi.

Yoʻl-transport boshqaruvini raqamlashtirish hisobiga “xavfsiz va ravon yoʻl” tamoyili ham joriy qilinadi. Bunda ilgʻor xorijiy tajriba asosida tirbandlikni kamaytirish maqsadida:

barcha chorrahalarda (605 ta) “aqlli chorraha” va “aqlli svetofor” boshqaruv tizimi amalga kiritiladi (hozir – 64 ta);

shaharga 5 ta kirish joyida va yoʻlovchi oqimi yuqori boʻlgan 6 ta metro bekati atrofida koʻp qavatli avtoturargohlar tashkil qilinadi;

tirbandlik yuqori boʻlgan koʻchalarda 12 ta yoʻl oʻtkazgich quriladi, yoʻllar boʻyida 3 ming oʻringa ega zamonaviy parkomatlar oʻrnatiladi.
 

“Aholiga yanada qulaylik yaratish maqsadida, Doʻstlik metro bekatidan “Yangi Toshkent”ga qadar uzunligi 15 kilometr boʻlgan, 115 ming yoʻlovchi tashish quvvatiga ega yer usti metro yoki tramvay liniyasi tortiladi”, – dedi nomzod.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//