Toshkent xorijliklar uchun dunyodagi eng arzon shaharlar oʻntaligiga kirdi

Saqlash
20:44 / 05.07.2023 1195 0

Toshkent xalqaro xodimlar uchun dunyodagi eng arzon shaharlar oʻntaligiga kiritildi. “Mercer” konsalting agentligi har yili chet elliklarning yashash narxi boʻyicha shaharlar reytingini tuzadi.

Reytingda har bir shahardagi 200 dan ortiq toifalarning nisbiy qiymatini oʻlchanadi. Bularga uy-joy, transport, oziq-ovqat, kiyim-kechak, uy-roʻzgʻor buyumlari va oʻyin-kulgi kiradi.

Toshkent chet ellik ishchilar uchun eng arzon shaharlar reytingida bir yilda uch pogʻona pastlab, oʻninchi oʻrinni egalladi.

Toshkent Tunis, Durban (Janubiy Afrika), Anqara va Vindxukdan (Namibiya) keyingi oʻrinda. Muhojirlar uchun Markaziy Osiyodagi eng arzon joylar Dushanbe va Bishkek hisoblanadi. Islomobod, Karachi (Pokiston) va Gavana (Kuba) esa dunyo boʻyicha eng arzon shaharlar deb topilgan.

Dunyoning eng qimmat joylari oʻntaligiga Yevropaning besh shahri kiradi, ulardan toʻrttasi Shveysariyada, beshinchi oʻrinda Kopengagen joylashgan.

Reytingda dastlabki ikki oʻrin Osiyo shaharlariga nasib etgan: Gonkong va Singapur. Ushbu roʻyxatga Nyu-York, Tel-Aviv va Nassau (Bagama orollari) ham kiradi.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//