5 mlrd soʻmlik moddiy zarar! “Kompromat ishi” sud muhokamasiga yuborildi

Saqlash
01:06 / 05.07.2023 1342 0
Foto: qalampir.uz

Kompromatuzb Telegram-kanali bilan bogʻliq jinoyat ishi (4 nafar ayblanuvchi) sudga kelib tushdi. Bu haqda Bosh prokuratura Matbuot kotibi Hayot Shamsuddinov xabar berdi. 

 

Unga koʻra, Jinoyat ishi boʻyicha 19 nafar jabrlanuvchi va 10 nafar fuqaroviy daʼvogar mavjud boʻlib, jinoyat oqibatida ularga jami 5 mlrd. 138 mln. soʻm miqdorida moddiy zarar yetkazilganligi aniqlangan.

 

“Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 184-moddasi 3-qismi va 243-moddasi bilan ayblangan X. D. (1984-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan), Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi, 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 243-moddasi bilan ayblangan S. X. (1983-yilda Qashqadaryo viloyatida tugʻilgan), Jinoyat kodeksining 139-moddasi 2-qismi, 165-moddasi 3-qismi “a” bandi va 25,165-moddasi 3-qismi “a” bandi bilan ayblangan A. A. (2004-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan) hamda Jinoyat kodeksining 165-moddasi 2-qismi “a”, “b”, “v” bandlari bilan ayblangan M. M. (ayol, 1973-yilda Andijon viloyatida tugʻilgan) ga oid jinoyat ishi jinoyat ishlari boʻyicha Shayxontohur tuman sudining ish yurituviga kelib tushgan boʻlib, ayni paytda ushbu jinoyat ishi “E-XSUD” elektron axborot tizimi orqali sudyalar oʻrtasida taqsimlanish jarayonidadir”, deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//