Qoraqalpogʻistonlik abituriyentlar uchun OTMlarda qoʻshimcha 3 mingta davlat granti ajratiladi

Saqlash
22:52 / 04.07.2023 1168 0

Prezident farmoni bilan ayrim normativ-huquqiy hujjatlarga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritildi. Bu haqda Telegramʼdagi “Huquqiy axborot” kanali xabar beradi.

Kiritilgan qoʻshimchaga koʻra, Qoraqalpogʻiston Respublikasida doimiy yashaydigan hamda umumiy oʻrta, oʻrta maxsus va professional taʼlim tashkilotlarini tamomlagan yoshlar uchun 2023/2024-oʻquv yilida davlat granti asosida qoʻshimcha 3 000 ta oʻrin ajratiladi.

Bunda soha va tarmoqlarning oliy maʼlumotli kadrlarga boʻlgan ehtiyoji aniqlanib, oliy taʼlim muassasalari va taʼlim yoʻnalishlari kesimidagi takliflar Oʻzbekiston taʼlim tashkilotlariga qabul qilish boʻyicha davlat komissiyasiga 2023-yil 20-iyulgacha taqdim etiladi.

Maʼlumot uchun, joriy oʻquv yilida davlat OTMlariga jami 206 ming 857 nafar abituriyent oʻqishga qabul qilinadi. Shundan 43 ming 783 nafari grant, 163 ming 74 nafari toʻlov-kontrakt asosida oʻqiydi. Bakalavriatga (kunduzgi) oʻtgan yilga nisbatan grantlar soni 10 foizga, kontrakt 1 foizga oshirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//