Buxorodagi muqaddas joyda behayo harakat qilib, raqsga tushgan 19 yoshli yigit va qiz javobgarlikka tortildi

Saqlash
22:00 / 04.07.2023 1538 0

Ijtimoiy tarmoqlarda yigit va qiz Buxoro shahrining tarixiy qismida joylashgan muqaddas qadamjolardan biri boʻlgan “Poyi Kalon” majmuasi (Minorai Kalon, Masjidi Kalon va Mir Arab madrasasi) oldida behayo xatti-harakatlar bilan raqsga tushgani aks etgan video tarqalib, keng muhokamalarga sabab boʻldi.

 

Mazkur video yuzasidan Buxoro shahar IIB rasmiy munosabat bildirdi va masʼul xodimlar tomonidan tezkor surishtiruv harakatlari olib borilganini maʼlum qildi.

Aniqlanishicha, holat 2004-yili Gʻijduvon tumanida tugʻilgan, Buxoro shahri Somiy koʻchasida vaqtincha ijarada yashovchi E.M. ismli qiz va 2004-yilda Kogon tumanida tugʻilgan, hozirda Samarqand temir yoʻl texnikumi 1-bosqich talabasi A.A. ismli yigit ishtirokida sodir boʻlgan.

Ular 2022-yilning iyul oyida tongi soat 05:00 lar atrofida Buxoro shahrining tarixiy qismidagi “Poyi Kalon” majmuasiga kelib, turli beoʻxshov qiliqlar qilib, raqsga tushishgan. Bundan tashqari, bu holatni H ismli tanishining qoʻl telefoniga tasvirga olgan. Mazkur video oʻtgan yili ijtimoiy tarmoqlarda tarqalib ketgan.
 

“Mazkur holat yuzasidan har ikkala fuqaroga nisbatan MJtKning 183-moddasiga asosan, maʼmuriy bayonnomalar rasmiylashtirilib, javobgarlikka tortilgan. H ismli fuqaroning shaxsini aniqlash choralari koʻrilmoqda. Holatni videoga olib, ijtimoiy tarmoqqa chiqargan shaxs ham qonunchilikda nazarda tutilgan javobgarlikka tortiladi”, — deyiladi xabarda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//