Siyosat
“Oʻzgidromet” direktori toʻrtta viloyatda sel-suv toshqini yuzaga kelishi mumkinligidan ogohlantirdi.
Qayd etilishicha, 5–7-iyul kunlari yomgʻir yogʻishi kutilayotgani sababli, respublikaning togʻoldi va togʻli hududlarida sel-suv toshqin hodisalari yuzaga kelishi mumkin.
Jumladan:
Toshkent viloyati Ohangaron, Boʻstonliq, Parkent, Piskent, Oʻrtachirchiq, Yuqorichirchiq tumanlarida va Angren, Olmaliq shaharlarida;
Namangan viloyati Pop, Kosonsoy, Chortoq, Chust, Namangan, Yangiqoʻrgʻon tumanlarida;
Fargʻona viloyati Soʻx, Shohimardon, Fargʻona, Beshariq tumanlarida;
Andijon viloyati Andijon, Asaka, Jalaquduq, Qoʻrgʻontepa, Paxtaobod, Izboskan, Xoʻjaobod, Marhamat tumanlarida va Xonabod shahrida.
“Togʻoldi va togʻli hududlarda istiqomat qiluvchi fuqarolardan ehtiyot choralarini koʻrishlarini soʻraymiz”, — deyiladi xabarda.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q