Jamiyat
28-iyun kuni Qurbon hayiti nishonlanishi munosabati bilan yoʻlovchilarga qulaylik yaratish maqsadida qoʻshimcha yoʻlovchi poyezdlar harakati yoʻlga qoʻyiladi. Bu haqda “Oʻztemiryoʻlyoʻlovchi” matbuot xizmati xabar berdi.
29-iyun kuni:
780-sonli Toshkent-Qarshi yoʻnalishi: Toshkent 07:00 — Qarshi 10:21;
779-sonli Qarshi-Toshkent yoʻnalishi: Qarshi 15:25 — Toshkent 18:50.
26-iyundan 3-iyulgacha:
767-sonli Samarqand-Toshkent yoʻnalishi: Samarqand 11:09 — Toshkent 13:19;
768-sonli Toshkent-Samarqand yoʻnalishi: Toshkent 13:40 — Samarqand 15:48.
Qoʻshimcha maʼlumotni Toshkent shahridagi 1005 qisqa telefon raqami, joylardagi temir yoʻl chiptaxonalari hamda maʼlumotlar byurosidan bilib olish, chiptalarni temir yoʻl chiptaxonalari va elektron tarzda chipta.railway.uz sayti orqali xarid qilish mumkin.
Eslatib oʻtamiz, oʻzbekistonliklar Hayit bayrami arafasida ketma-ket 5 kun (28-iyun—2-iyul kunlari) dam oladi. 1-iyul koʻchirilgan dam olish kuni hisoblanmaydi, yaʼni 8-iyul 5 kun ishlaydiganlar uchun dam olish kuni boʻlib qolaveradi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Siyosat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q