Jamiyat
Oʻzbekiston 2022-yilda ekologiya darajasi boʻyicha mamlakatlar reytingida 180 ta davlat ichida atigi 107-oʻrinni egalladi. Bu haqda Kun The Environmental Performance Index saytiga tayanib, xabar berdi.
Reytingda birinchi oʻrinni 77,9 ball bilan Daniya egallagan. Ekologik jihatdan eng qulay mamlakatlar oʻnligiga Buyuk Britaniya, Finlyandiya, Malta, Shvetsiya, Lyuksemburg, Sloveniya, Avstriya, Shveysariya va Islandiya ham kirdi.
Oʻzbekiston atigi 38,2 ball toʻpladi, bu reyting yetakchisidan ikki baravar past. Soʻnggi 10 yilda mamlakat atigi 1,9 ball toʻplagan, xolos.
Taqqoslash uchun, reytingda Belarus (55-oʻrin), Armaniston (56-oʻrin) va Qozogʻiston (93-oʻrin) yaxshiroq natijaga erishgan. Rossiya (112-oʻrin), Tojikiston (117-oʻrin), Turkmaniston (118-oʻrin) va Qirgʻiziston (126-oʻrin) nisbatan yomonroq natija koʻrsatgan. Reytingning soʻnggi oʻrnida 18,9 ball bilan Hindiston joylashgan.
Jahon
Madaniyat
Madaniyat
Madaniyat
Jamiyat
Jamiyat
112313
Jamiyat
94985
Jamiyat
91109
Jamiyat
75874
Jamiyat
//
Izoh yo‘q