 
                   
                    Ilm-fan
2023/2024 oʻquv yilidan tibbiyot OTMda oʻqish muddati 4 yillik “oliy malakali hamshira” bakalavriat taʼlim yoʻnalishi boʻyicha mutaxassislarni tayyorlash yoʻlga qoʻyiladi.
Bu borada joriy yil 20-iyun kuni Prezidentning tegishli qarori qabul qilindi.
Shuningdek, ushbu oʻquv yilidan:
Chilonzor Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi negizida Hamshiralar akademiyasi;
tibbiyot kollejlari negizida Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumlari tashkil etiladi.
Bundan tashqari quyidagilar joriy etiladi:
texnikumlarning takliflari asosida qabul parametrlari hamda qoʻshimcha ravishda tabaqalashtirilgan toʻlov-kontrakt asosida oʻqishga qabul qilish tartibi;
tibbiyot yoʻnalishidagi davlat OTM talabalarining bilimlarini 2 bosqichli (fundamental va klinik-amaliy koʻnikmalar) baholash va ularning malakasini tasdiqlash milliy tizimi;
tibbiyot xodimlarining malakasini oshirishga qaratilgan uzluksiz kasbiy taʼlim portali.
Qarorga muvofiq, tibbiyotning birlamchi boʻgʻinida tibbiy-sanitariya yordamini koʻrsatishning quyidagilarni nazarda tutuvchi takomillashtirilgan tizimi joriy etiladi:
tuman (shahar) darajasida ambulator va statsionar sharoitda aholining eng koʻp murojaatlariga sabab boʻlayotgan kasalliklar va holatlarni inobatga olgan holda, Davlat byudjeti mablagʻlari hisobidan qoplanadigan tibbiy yordamning kafolatlangan hajmlari roʻyxati shakllantiriladi;
birlamchi tibbiy-sanitariya yordami muassasalari shifokorlari tegishli hududda eng koʻp tarqalgan kasalliklar va holatlar boʻyicha qisqa muddatli kurslarda oʻqitiladi.
2024-yildan yillik tibbiy koʻriklar doirasida nuroniylarni maqsadli skriningdan oʻtkazish dasturlari joriy etiladi.
Davlat va nodavlat tibbiyot tashkilotlariga malaka oshirish kurslarini joriy etish huquqi beriladi.
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarini uzluksiz kasbiy rivojlantirish, ularning malakasini oshirish jarayonlari toʻliq raqamlashtiriladi.
2023-yil yakunigacha:
barcha nodavlat tibbiyot tashkilotlari Sogʻliqni saqlash vazirligining maxsus axborot tizimiga ulanadi;
nodavlat tibbiyot tashkilotining xodimlari, tibbiy texnikasi, xizmat turlari, tibbiy statistika va boshqa hisobotlari monitoringi yuritiladi;
tibbiy faoliyatni nazorat qilishda “xavfni tahlil qilish” tizimi yoʻlga qoʻyiladi.
Shuningdek, quyidagilar tashkil etiladi:
Farmatsevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi;
Tibbiyot va farmatsevtika xodimlarining malakasini baholash markazi;
Tibbiyot tashkilotlarini litsenziyalash va akkreditatsiyalash markazi.
 
                  Siyosat
 
                  Sport
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 
                  Jamiyat
 109666
             109666
          Jamiyat
 94050
             94050
          Jamiyat
 89831
             89831
          Jamiyat
 72985
             72985
          Jamiyat
//
Izoh yo‘q