Jamiyat
Prezidentning joriy yil 14-iyundagi PF-96-son Farmoni bilan Hukumatning 2020-yil 24-sentyabrdagi “Oʻzbekiston Respublikasida koronavirus infeksiyasi tarqalishining oldini olish tadbirlariga ajratilayotgan mablagʻlarning samaradorligini taʼminlashga oid qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida”gi 583-son qarori 2-bandiga oʻzgartirish kiritildi.
Unga koʻra, 2023-yil 15-iyundan eʼtiboran koronavirus infeksiyasi bilan kasallangan bemorlar joylashgan muassasalarda faoliyat olib borayotgan tibbiyot va boshqa xodimlar hamda koronavirus infeksiyasini aniqlash laboratoriyalari xodimlariga ishlagan davri uchun ish yuklamalarini inobatga olgan holda ularning tarif stavkalariga 50 foiz miqdorida maxsus ustama toʻlovi amalga oshiriladi.
Bunda anesteziolog-reanimatolog vrachlariga maxsus ustamalar 1,2 koeffitsiyentga oshirilgan holda hisob-kitob qilinadi va toʻlab beriladi. Shuningdek, maxsus ustama toʻlovlari toʻlanadigan tibbiyot xodimlari va boshqa xodimlarning oylik lavozim maoshiga 6 foiz miqdorida har kunlik qoʻshimcha toʻlov amalga oshirilmaydi.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110002
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73440
Jamiyat
//
Izoh yo‘q