Jamiyat
Hindistonning ayrim ommaviy axborot vositalarida ushbu davlatning Bihar shtatida hibsda ushlab turilgan oʻzbekistonlik uch nafar opa-singil haqida maʼlumotlar tarqatildi, deb xabar bermoqda “Dunyo” AA.
Qayd etilishicha, Oʻzbekistonning Dehlidagi elchixonasi vaziyatni nazoratga olgan. Elchixona ushbu masalaga oydinlik kiritish maqsadida tezkor chora-tadbirlar koʻrgani aytilmoqda.
Maʼlum boʻlishicha, ayollar 2021-yil oktabrda Hindiston—Nepal chegarasining Bihar shtatidagi hududdan noqonuniy tarzda oʻtayotganda qoʻlga olingan.
Arariya shahridagi birinchi instansiya sudi 2022-yil avgustida Oʻzbekiston fuqarolarini mamlakat hududidan chiqarib yuborish (deportatsiya qilish) toʻgʻrisida chiqargan qaroriga qaramasdan turli byurokratik toʻsiqlar va yurisdiksiyaning murakkabligi sababli ular haligacha ushlab turilibdi.
“Afsus bilan qayd etish joizki, fuqarolarimiz yoki ularning yaqinlari tomonidan oʻz vaqtida ushbu masala yuzasidan tezkor konsullik-huquqiy yordam koʻrsatish boʻyicha murojaat qilinmagan.
Elchixona tomonidan Hindiston Tashqi ishlar vazirligi va Bihar shtatining tegishli idoralari bilan mazkur holat yuzasidan rasmiy muloqotlar oʻtkazilmoqda. Vaziyat nazoratga olindi va fuqarolarimizni Vatanga qaytarish boʻyicha tegishli choralar koʻrilmoqda” — deyiladi “Dunyo” AA xabarida.
Diplomatik missiya Oʻzbekiston fuqarolarini Hindistonga safar qilishdan oldin turli shubhali guruh yoki shaxslarning yolgʻon vaʼdalariga aldanib qolmaslik, ushbu mamlakatga kirish va unda boʻlib turish chogʻida mahalliy qonunchilik talablariga qatʼiy rioya qilishga chaqirgan.
Siyosat
Jahon
Iqtisod
Jahon
Madaniyat
Siyosat
110002
Jamiyat
94295
Jamiyat
90152
Jamiyat
73440
Jamiyat
//
Izoh yo‘q