Oʻzbekiston bayrogʻini xonadonlarga ilishga ruxsat berish koʻzda tutilgan qonun loyihasi deputatlar tomonidan qabul qilindi

Saqlash
19:23 / 21.06.2023 1311 0

Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari davlat bayrogʻidan foydalanish boʻyicha qonunga qoʻshimchalar kiritish yuzasidan qonun loyihasini ishlab chiqdi. Quyi palata xabariga koʻra, loyiha birinchi oʻqishda qabul qilinib, Senatga yuborilgan.

 

Loyihada davlat bayrogʻidan sport musobaqalarida, ommaviy jismoniy tarbiya tadbirlarida, madaniy va oʻzga ommaviy tadbirlarda, oilaviy bayramlarda, xotiraviy sanalarni bayram qilishda hamda boshqa hollarda ham foydalanishga ruxsat berish koʻzda tutilmoqda.

 

Shuningdek, davlat ramziga zarur hurmat bilan muomala qilgan holda undan va uning tasviri tushirilgan belgilardan jamoat joylari va binolarda, yashash yoki ish joylarida hamda ularga tutash boʻlgan hududlarda, transport vositalarining salonida foydalanish mumkinligi belgilanmoqda.

 

Deputatlar loyihada davlat organlarining ramzlarida (bayroq, geraldik belgi) va ularning rasmiy veb-saytlarida davlat bayrogʻining tasviri tushirilgan belgilardan foydalanishga huquqiy asos oʻrnatishni taklif qilgan. Davlat bayrogʻi tasvirini ustki kiyimga bezatish maqsadida aks ettirish imkoniyatini yaratish nazarda tutilgan.

 

Davlat bayrogʻi va uning tasviri tushirilgan belgilardan quyidagi hollarda — Oʻzbekiston Respublikasi vakili boʻlgan jismoniy va yuridik shaxslar tomonidan rasmiy xalqaro tadbirlarda foydalanishda, harbiy yoki boshqa davlat xizmatida boʻlgan shaxslar tomonidan kiyim-kechak va farqlovchi nishonlarda qoʻllashda hamda xalqaro sport musobaqalari hamda Oʻzbekiston chempionatlari uchun sport kiyimlarini tayyorlashda foydalanishga ruxsat berish belgilanmoqda.

 

Shu bilan birga, davlat bayrogʻiga nisbatan hurmatsizlik bilan munosabatda boʻlinishiga yoʻl qoʻyilmaydigan hollar aniq belgilab berilmoqda.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//