Sport
Gimnastika boʻyicha Oʻzbekiston terma jamoasi aʼzosi Oksana Chusovitina Singapurda oʻtkazilgan Osiyo chempionatida kumush medalni qoʻlga kiritdi.
Oʻzbekiston gimnastika federatsiyasi matbuot xizmatiga koʻra, 48 yoshli sportchi tayanib sakrash dasturida Janubiy Koreya vakili Yeo Sojongga imkoniyatni boy bergan. Kuchli uchlikka esa filippinlik Alea Finnegan yakun yasab bergan.
Erkaklar oʻrtasidagi bahslarda Abdulaziz Mirvaliyev tayanib sakrash yoʻnalishida 14,083 ball bilan terma jamoa hisobiga kumush medal keltirgan. Birinchi oʻrinni Karlos Yulo (Filippin, 14,299 ball), uchinchi pogʻonani esa Jayexo Kim (Janubiy Koreya 13,766 ball) egallagan.
Ilm-fan
Siyosat
Jamiyat
Siyosat
Siyosat
Sport
112442
Jamiyat
95106
Jamiyat
91334
Jamiyat
76024
Jamiyat
//
Izoh yo‘q