Siyosat
19-iyun kuni Ostona shahrida Markaziy Osiyo yetakchi ayollari muloqotining navbatdagi yigʻilishi oʻtkazildi. Uning mavzusi “Innovatsiyalar va texnologiyalarni rivojlantirishda ayollarning roli” boʻldi, deb xabar bermoqda Oʻzbekiston Oliy Majlisi Senati matbuot xizmati.
Mintaqaviy platforma Oʻzbekiston tashabbusi bilan BMT koʻmagida 2020-yilda Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston, Tojikiston va Turkmaniston yetakchi ayollari oʻrtasida ayollar bilan bogʻliq masalalar boʻyicha maslahatlashuvlar va hamkorlikni oʻtkazish maqsadida tashkil etilgan. 2023-yilda muloqotga Qozogʻiston raislik qilmoqda, mamlakat raqamlashtirishni oʻzining ustuvor yoʻnalishlaridan biri deb eʼlon qilgan.
Uchrashuvda mintaqa mamlakatlari faol va ishbilarmon ayollari, akademik va ilmiy doiralari, nodavlat va fuqarolik sektori saʼy-harakatlarini birlashtirish, demografik rivojlanish, gender tengligini taʼminlash boʻyicha hamkorlikni kengaytirish, turizm, madaniyat, ekologiya, savdo va raqamli texnologiyalar sohasida loyihalarni amalga oshirish masalalari muhokama qilindi.
Oʻzbekiston Senati raisi Tanzila Narbayeva oʻz nutqida bugungi kunda muloqot Markaziy Osiyoda muhim oʻrin tutayotgani va jahon hamjamiyatida munosib qoʻllab-quvvatlanayotgani, mintaqaviy miqyosda chora-tadbirlar koʻrilayotganini alohida taʼkidladi.
Uchrashuv davomida mintaqa mamlakatlari ayollari tomonidan yaratilgan innovatsion loyihalar va startaplar taqdim etildi. Qishloq joylarda raqamlashtirish loyihalari, oila va jamiyat, ayollar tadbirkorligi, kasb-hunar taʼlimi va bandligini taʼminlashning dolzarb masalalarini hal etishga qaratilgan taqdimotlar koʻrib chiqildi.
Tanzila Narbayeva Ostonada Qozogʻiston prezidenti Qasim-Jomart Toqayev va Qozogʻiston parlamenti Senati raisi Maulen Ashimbayev bilan uchrashdi.
Jamiyat
Jamiyat
Jahon
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q