
Madaniyat
Qashqadaryo viloyatida “Yangi O'zbekiston yoshlari, birlashaylik!” shiori ostidagi bo'lib o'tayotgan yoshlar festivali doirasida “Mening farzandim – O'zbekiston faxri” loyihasi g'oliblari taqdirlandi.
Respublika Maʻnaviyat va maʻrifat markazi hamda “Maʻrifat” targ'ibotchilar jamiyati tomonidan tashkil etilgan “Mening farzandim – O'zbekiston faxri” loyihasi doirasida har yili anʻanaviy tarzda sport, sanʻat, ilm-fanda yuksak yutuqlarni qo'lga kiritgan yoshlarning ota-onalari taqdirlanib kelinmoqda.
Joriy yil ham Qashqadaryodagi 10 nafar ota-onalar ana shunday yuksak eʻtirofga sazovor bo'lishdi.
"Qizim yoshligidan sportga qiziqardi. Biz uning qiziqishlarini rag'batlantirib, sport bilan shug'illanishi uchun shart-sharoit yaratib berdik, xolos. Bugun esa qizimning ortidan mana shunday eʻtiroflarga sazovor bo'lib yuribman", deydi yengil atletika bo'yicha ko'p karra O'zbekiston va Osiyo chempioni Barnoxon Sayfullaevaning onasi Nigora To'xtaeva.
Ilm-fan
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q