Qozogʻistondan Oʻzbekistonga eskirgan kiyimlar import qilinmoqda

Saqlash
17:48 / 15.06.2023 1201 0

Qozogʻistondan 50 ming tonnadan ortiq eskirgan kiyim-kechak olib chiqildi. Qozogʻiston eskirgan kiyim-kechak eksportini oshirmoqda, deb xabar berdi Tengrinews.

 

Qayd qilinishicha, soʻnggi yillarda Qozogʻistonda eskirgan kiyimlar savdosi hajmi 60 barobar oshgan. 2022-yilda 50 ming tonnadan ortiq eskirgan kiyim-kechak, kiyilgan poyabzal va aksessuarlar eksport qilingan. Ular tonnalab sotilmoqda, 1 tonnasining narxi taxminan 2 ming dollarni tashkil etadi.

 

Qozoq kiyimlarining asosiy isteʼmolchisi Tojikiston ekani aytilmoqda. Bu mamlakat barcha eskirgan kiyimlarning 98 foizini import qilyapti, qolganini Oʻzbekiston sotib olmoqda.

 

Import boʻyicha bojxona statistikasiga koʻra, Qozogʻistonga second-hand (ikkinchi qoʻl) isteʼmol tovarlarining asosiy qismi Yevropa davlatlaridan: Niderlandiya, Germaniya, Belgiya, Finlyandiya va Rossiyadan keltirilgan.

Izoh yo‘q

Izoh qoldirish

//