Siyosat
Sharof Boshbekovning “Temir xotin” asari asosida suratga olingan film oʻzbek tomoshabinlariga yod boʻlib ketgan. Uni yosh-u qari koʻrgan, hamon telekanallar uni tomoshabinlariga taqdim etadi, shuncha vaqt oʻtasa-da asar oʻz qadrini yoʻqotmagan. Mana oradan 33 yil oʻtib mazkur film qozogʻistonlik kinoijodkorlar tomonidan qayta suratga olindi. Ijodkorlar filmni “Yap-yangi Alomatxon” (Robot ayol) deya nomlashdi.
Unda bosh rollarni Kuandik Shakirjanov, Juldiz Abdukarimova, Abunasir Serikov, Rauan Romani, Gulmira Jakilina, Samal Nurbayeva kabi aktyorlar ijro etgan.
“Bir filmni, xususan “Temir xotin”ni qayta suratga olish uchun katta jasorat talab etiladi. Sababi u allaqachon yuraklardan joy egallagan. Filmning bosh (Alomatxon) roliga taklif etishgani ham shu haqda o'ylagandim. Keyin vaqtim to'g'ri kelmagani sabab rad qilgandim.
Biroq “Yap-yangi Alomatxon” ham yomon chiqmagan deb oʻylayman. Men hozircha ovozlashtirish jarayonida ishtirok etganim uchun filmni toʻliq koʻrganim yoʻq. Ammo oʻzim ovoz bergan Alomatxon tilidan bugungi kun muammolar aytilgan. Hatto ayrim gaplari xuddi men uchun yozilgandek. Shundan bildimki, “Temir xotin” eskirmaydi. U zamonga moslashib boraveradi”, dedi Dilnoza Kubayeva.
Hozirda “Yap-yangi Alomatxon” badiiy filmining dublyaj jarayonlari qizgʻin davom etmoqda. Filmdagi bosh qahramonlarga Muhammad Iso Abdulhayirov (Qoʻchqor aka), Dilnoza Kubayeva (Alomatxon), Mirzabek Holmedov (Dosay), Muqaddas Holiqova (Dosayning xotini), Alisher Uzoqov (Olimtoy), Saida Rametova (Qoʻchqor akaning xotini) ovoz bermoqda.
Maʼlumot uchun, filmning suratga olish ishlari 2022-yilning kuz oylarida boʻlib oʻtgan edi. Mazkur filmning Oʻzbekistondagi katta premyerasi yangi mavsumda boʻlib oʻtadi.
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Ilm-fan
Jamiyat
Sport
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
Jamiyat
//
Izoh yo‘q